Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Bog‘otda mahalla xodimlari kuni nishonlandi

    • Qog'ozga chop etish

    Davlatimiz rahbari tomonidan mahalla institutining jamiyatimiz ijtimoiy-ma'naviy hayotida tutgan o'rnini hisobga olib, soha xodimlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida 22-mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e'lon qilingan edi. Shu munosabat bilan bugun Bog'ot tumanida mazkur sanaga bag'ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, mahalla tizimida faoliyat yuritib kelayotgan yettilik xodimlari va nuroniylar ishtirok etishdi. Tuman hokimi Jahongir Nazarov mahalla xodimlarini qo'shaloq bayram bilan samimiy muborakbod etib, ularga mas'uliyatli va serqirra faoliyatlarida yangi yutuq va omadlar tiladi. Tadbirda o'z sohasida fidoiylik bilan xizmat qilayotgan xodimlar tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, tadbir doirasida yig'ilganlar uchun iftorlik dasturxoni ham yozildi.



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Noyabr     
DuSeChPaJuShYa
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Veb-sayt faoliyatini baholang?